Amerika Qo‘shma Shtatlar, agar Eron Islom Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga ochiq bo‘lsa, Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha Eron bilan rasmiy muzokaralar olib borishga tayyor.
Bu haqda AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari Morgan Ortagus ma’lum qildi.
"Qo‘shma Shtatlar rasmiy muzokaralar olib borishga tayyor, ammo Tehron to‘g‘ridan-to‘g‘ri va mazmunli muloqotga ochiq bo‘lsagina”, dedi u Eron yadro dasturi bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidagi chiqishida.
Ortagus, shu bilan birga, AQSh ommaviy muzokaralar olib borish niyatida emasligini ta’kidladi va Vashington Tehronning uranni boyitishini qabul qilib bo‘lmasligi haqidagi pozisiyasini saqlab qolishini ta’kidladi.
2025 yilda Ummon vositachiligida Eron va AQSh o‘rtasidagi yadroviy muzokaralarning besh raundi Isroilning Islom Respublikasiga qarshi harbiy amaliyotlarini boshlashi va AQShning Eron yadroviy inshootlariga zarbalari tufayli natija bermadi.