Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh Argentinaga vizasiz kelishuvni to‘xtatdi

AQSh Argentinaga vizasiz kelishuvni to‘xtatdi

AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Argentina bilan vizasiz kelishuv imzolash jarayonini to‘xtatdi.

Bu haqda Axios portali manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi qarori hujjatni imzolash uchun Vashingtonga yo‘l olgan Argentina delegasiyasini hayratda qoldirdi. Departamentning ta’kidlashicha, hozirda kerakli imzolardan biri yo‘qligi va mamlakat prezidenti Xaver Meyli bilan bog‘liq korrupsiya mojarosi tufayli kelishuv tuzish mumkin emas. Bu AQSh rasmiylarini xavotirga solmoqda, biroq Vashington ilgari Buenos-Ayres bilan o‘z xavotirlarini baham ko‘rmagan.

Qayd etilishicha, iyul oyida AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi rahbari Kristi Noem o‘z qarorini AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan muvofiqlashtirmasdan Argentina bilan niyat xatini imzolagan. Manbalarga ko‘ra, kelishuv doirasida Buenos-Ayres Xitoy kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotini Amerikanikiga almashtirish majburiyatini olgan, biroq Davlat departamenti korrupsiya masalasini muhokama qilishni talab qilgan.

Ichki ishlar vazirligi vakili portalga vazirlik ishidagi nomuvofiqlik yoki imzo yetishmayotgani yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi, biroq departament Argentina bilan hamkorlikni davom ettirish niyatidan qaytmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:45 04.09.2025. O'qildi: 836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!