AQSh aeroportlari faoliyatida yuzaga kelgan jiddiy uzilishlarga eski elektr simlarini almashtirish jarayoni sabab bo‘lgan.
Bu haqda RIA Novosti AQSh transport vaziri Shon Daffiga tayanib xabar berdi.
Vazirning ma’lum qilishicha, favqulodda holatga eskirgan uskunalar sabab bo‘lgan.
"Pudratchi Federal aviasiya boshqarmasining olisda joylashgan ob’ektlaridan birida rejali texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini olib borayotgan edi.
Jarayon davomida eski mis simlar optik tolali kabellarga almashtirilayotgan bo‘lgan. Mis simlar ancha eskirgani sababli aloqa liniyasi uzilib qolgan bo‘lishi mumkin", — deya tushuntirdi Shon Daffi.