Qo‘shma Shtatlar amerikalik ishchilarni e’tiborsiz qoldirgan 40 yillik noto‘g‘ri siyosatdan so‘ng iqtisodiy o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Bu haqda AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens ma’lum qildi.
Fox News telekanaliga bergan intervyusida u shunday dedi:
"Prezident Vashingtonda amerikalik ishchilarni sotib yuborgan va Amerikaning iqtisodiy qudratini yo‘q qilgan 40 yillik muvaffaqiyatsiz ikki partiyaviy konsensusni bekor qilmoqda.
Amerika Qo‘shma Shtatlari tanazzulga yuz tutadimi yoki yo‘qmi, degan savolga Vens Amerika iqtisodiyoti kuchli va Prezident Donald Trampning maqsadi uni yanada kuchliroq qilish ekanligini aytdi.
"Siz hech qachon kelajakni bashorat qila olmaysiz. Ammo iqtisodning asoslari hozir ancha kuchli" - dedi Vens.
Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida "ko‘p narsa" kerakligini ta’kidladi:
"Biz inflyasiyani pasaytirishimiz, ijtimoiy xizmatlar va ishlaydigan armiya bilan ta’minlashimiz va korxonalarni xorijda emas, xitoylik ishchilarga emas, balki AQShga ko‘proq sarmoya kiritishga majburlashimiz kerak. Rim bir kunda qurilgan emas" - deya qo‘shimcha qildi Vens.