Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

AQSh 2026 yilgi saylovlariga YEXHT kuzatuvchilarini taklif qilmadi

AQSh 2026 yilgi saylovlariga YEXHT kuzatuvchilarini taklif qilmadi

AQSh hukumati 2026 yilda Kongressga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarni kuzatish uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) vakillarini taklif qilmadi. Bu tashkilotning AQShdagi faoliyati boshlanganidan buyon birinchi marta sodir bo‘layotgani aytilmoqda.

EXHT mazkur qarordan xavotir bildirib, uni «shakllangan demokratik amaliyotdan chekinish» deb atadi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning qarori 1990 yilda YEXHTga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarga zid. Ushbu majburiyatlar saylov jarayonini takomillashtirish maqsadida xalqaro kuzatuvchilarni taklif qilishni ham nazarda tutadi.

EXHT vakillari 2002 yildan buyon AQShdagi 12 ta federal saylovda, jumladan, oltita oraliq saylovda kuzatuv olib borgan.

EXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Mariya Telalian saylovlarni kuzatish saylovchilar, saylov organlari, nomzodlar va keng jamoatchilikka saylov jarayonining mustaqil hamda xolis bahosini berishini ta’kidladi.

EXHT Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons ham AQShning 2026 yilgi oraliq saylovlariga tashkilot kuzatuvchilarini taklif qilmaslik qaroridan afsus bildirdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh ikki o‘n yildan ortiq vaqt davomida federal saylovlarda YEXHT kuzatuvchilarini qabul qilib kelgan.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 407 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!