Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh 2008 yildan beri birinchi marta Boliviyaga elchi yubordi

AQSh 2008 yildan beri birinchi marta Boliviyaga elchi yubordi

AQSh hukumati Boliviya bilan 2008 yilda uzilgan diplomatik munosabatlarni elchilar darajasida tiklash niyatida.

Bu haqda La-Pasga Janubiy Amerika davlatining yangi prezidenti Rodrigo Pasning inaugurasiyasiga kelgan AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Kristofer Landau ma’lum qildi.

"Biz munosabatlarni doimo bo‘lishi kerak bo‘lgan elchilar darajasiga qaytaramiz. Men buni juda muhim qadam deb bilaman va yaqin orada elchilarni tayinlay olamiz, deb umid qilaman", - deya Landau so‘zlarini keltiradi nashr.

2008 yilda Boliviyaning o‘sha paytdagi prezidenti Evo Morales AQSh elchisi Filipp Goldbergni muxolifatni moliyalashda va tartibsizliklarni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab, uni persona non grata deb e’lon qilgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay, sobiq AQSh prezidenti Jorj Bush ma’muriyati Boliviya elchisini Vashingtondan chiqarib yubordi va Boliviyani giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini e’tiborsiz qoldiradigan davlat deb atadi.

Pas 8 noyabr kuni Boliviya prezidenti lavozimiga kirishdi. Saylov kampaniyasi davomida u mamlakatning dunyo bilan aloqalarini kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi, xususan, AQSh bilan munosabatlarni tiklash va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Saylanganidan keyin Paz Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurdi va u erda AQSh dollari taqchilligi tufayli yoqilg‘i ta’minotida uzilishlarga duch kelgan mamlakatiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!