Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQSh 20 avgustgacha Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni yumshatdi

AQSh 20 avgustgacha Rossiyaga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni yumshatdi

AQSh Moliya vazirligi ikki davlat prezidentlarining Alyaskadagi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy operasiyalarni 20 avgustga qadar Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalardan ozod qildi.

Bu haqda AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi hujjatida aytiladi.

Gap "odatda Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati va Rossiya Federasiyasi hukumati o‘rtasidagi Alyaska shtatidagi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun hamroh bo‘ladigan va zarur bo‘lgan" bitimlar haqida bormoqda. Hujjatda ta’kidlanishicha, bu chora Rossiyaga qarshi sanksiyalar ostida bloklangan har qanday aktivlarni muzlatishdan chiqarishni nazarda tutmaydi.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishni kutayotganini ma’lum qilgandi. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov yetakchilar asosiy e’tiborni Rossiya-Ukraina inqirozini uzoq muddatli tinch yo‘l bilan hal qilishga erishish variantlarini muhokama qilishga qaratishini ta’kidladi.

Kiritildi: 08:15 14.08.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!