Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh 100 ga yaqin davlatga 10 foizlik boj joriy qilmoqchi

AQSh 100 ga yaqin davlatga 10 foizlik boj joriy qilmoqchi

Qo‘shma Shtatlar Vashington bilan adolatli savdo muzokaralariga kirgan davlatlarga 10 foizlik boj joriy qiladi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

"Prezident Tramp halollik bilan muzokara olib borayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqchi. O‘ylaymanki, bojlari pastroq bo‘lgan davlatlar soni 100 ga yaqin bo‘ladi va ko‘ramiz", - dedi u Bloomberg TVtelekanaliga bergan intervyusida.

Bessentning so‘zlariga ko‘ra, 9 iyulgacha, ya’ni savdo bitimini tuzish muddati tugaydigan bir hafta ichida Qo‘shma Shtatlar boshqa davlatlar bilan ko‘plab bitimlar imzolaydi.

2 aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp 185 mamlakat va hududning mahsulotlariga boj joriy etishini ma’lum qildi. 10 foizlik universal tarif 5 apreldan, individual tariflar esa 9 apreldan kuchga kirdi.

Shu kuni AQSh prezidenti javob tariflarining bir qismini amalga oshirishni 90 kunga to‘xtatdi. Oq uyning ta’kidlashicha, bunga savdo bo‘yicha maslahatlashuvlar sabab bo‘lgan.

Hozircha 10 foizlik universal tarif amalda qolmoqda. Tramp 27 iyunda aniqlik kiritishicha, Qo‘shma Shtatlar bir yarim hafta ichida individual kelishuvga erisha olmagan davlatlarni xabardor qiladi.

Kiritildi: 23:35 04.07.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!