Islom sivilizasiyasi markazi tarkibidagi ilmiy kutubxona respublikadagi eng yirik axborot markazlaridan biri hisoblanadi.
Kutubxona bir vaqtning o‘zida 266 nafar tadqiqotchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
Uning fondi:
— 350 ming bosma kitob
— 10 milliongacha elektron resurs saqlash imkoniyatiga ega.
Markazda zamonaviy “aqlli kutubxona” tizimi joriy etilgan bo‘lib, elektron kataloglar orqali kitob izlash va buyurtma berish jarayoni ancha osonlashtirilgan.
Shuningdek, yosh farzandli tadqiqotchilar uchun alohida bolalar xonasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun moslashtirilgan sharoitlar yaratilgan.
Qo‘lyozmalar umrini uzaytirish maqsadida maxsus konservasiya va restavrasiya laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bu kutubxona nafaqat olimlar, balki yosh tadqiqotchilar uchun ham ilmiy bilimlar markaziga aylanadi.