Tadqiqotchilar bugungacha ko‘rilmagan ma’lumotlar sizib chiqish holatini aniqlashdi . Buning natijasida turli mashhur xizmatlar (Apple, Google, Facebook, Telegram va boshqalar) hamda davlat platformalaridagi akkauntlarning 16 milliardga yaqin login va parollardan ochiq foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Ba’zi mutaxassislar bu hodisani tarixdagi eng yirik ma’lumot sizib chiqishi deb baholamoqdalar. Barcha onlayn akkauntlaringiz parollarini darhol o‘zgartirish va imkon qadar ko‘p bosqichli autentifikatsiyani faollashtirish qat’iy tavsiya etilmoqda.