Bugun 30 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Apple, Samsung va boshqa brendlarga boj joriy etilishi mumkin – Trampdan qat’iy bayonot

Apple, Samsung va boshqa brendlarga boj joriy etilishi mumkin – Trampdan qat’iy bayonot

AQSh iyun oyi oxirida Apple, Samsung va boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilarga nisbatan boj joriy qilishi mumkin.

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida aytib o‘tdi.

Trampdan uning yaqinda Apple’ga nisbatan 25 foizlik bojlar joriy etilishi mumkinligi haqidagi posti boshqa smartfon ishlab chiqaruvchilariga ta’sir qilmasligini anglatadimi, deb so‘rashdi. "Ular (kompaniyalar - tahr.) ko‘proq bo‘ladi. Ular orasida Samsung va bu mahsulotlarni ishlab chiqaradigan boshqalar ham bo‘ladi, aks holda bu adolatsizlik bo‘ladi," - dedi Amerika yetakchisi.

Shu bilan birga, Tramp bojlar kelasi oyning oxirida joriy etilishiga yo‘l qo‘ydi. "O‘ylaymanki, biz buni iyun oyining oxirigacha to‘g‘ri amalga oshiramiz," - deya davom etdi u va agar elektronika ishlab chiqaruvchilari zavodlarni AQSh hududiga ko‘chirsa, bojlar qo‘llanilmasligini tushuntirdi.

Kiritildi: 06:52 24.05.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!