Apple korporasiyasi dunyoning 110 ta mamlakatidagi iPhone egalariga ehtimoliy josus dasturlar hujumlari haqida ogohlantirish yubordi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, gap qurilmalarda saqlanayotgan ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish imkonini beruvchi josuslik dasturlari haqida ketmoqda.
Apple foydalanuvchilarga ehtimoliy tahdidni jiddiy qabul qilish va qurilma hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishni tavsiya qilgan.
"Ma’lumotlaringiz va qurilmalaringizni himoya qilish uchun hozirning o‘zida muayyan choralarni ko‘rishingiz mumkin", — deyiladi Apple tomonidan yuborilgan ogohlantirishda.