Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

APLning 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

APLning 2025/2026 yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumida eng yaxshi o‘yinchi deb topildi. Bu haqda musobaqa matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Tarix kitoblariga kiradigan mavsum», — deyiladi APL xabarida.

Joriy APL mavsumida portugaliyalik yarim himoyachi 34 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 20 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa, Fernandesh Angliya chempionatida bir mavsumdagi assistlar soni bo‘yicha rekordni takrorladi.

Eslatib o‘tamiz, APL mavsumi yakunigacha yana bir tur qolgan bo‘lib, unda «Manchester Yunayted» 24 may kuni «Brayton» bilan kuch sinashadi.

Kiritildi: Bugun 16:15. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!