"Manchester Siti" APL 16-turida safarda "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi - 3:0.
Mehmonlar safida Erling Xoland ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Yana bir gol Foden hisobiga yozildi.
Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.
"Manchester Siti" qatorasiga to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 34 ochko bilan Angliya chempionati-2025/26 jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Kristal Pelas" 26 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda.
Kristal Pelas - Manchester Siti - 0:3
Gollar: Xoland, 41 (0:1). Foden, 69 (0:2). Xoland, 88 - penaltidan (0:3)
Kristal Pelas: Xenderson, Gexi, Lakrua, Richards, Mitchell, Kamada (Xyuz, 67), Uorton, Klayn (Uche, 77), Pino, Sarr, Mateta (Nketia, 63)
Manchester Siti: Donnarumma, O`Rayli (Ait Nuri, 90), Gvardiol, Ruben Diash, Mateus Nunes, Reynders (Savio, 85), Gonsales, Bernardu Silva (Lyuis, 90), Foden, Sherki, Xoland (Marmush, 90)
Ogohlantirishlar: Kamada, 62. Xenderson, 88