Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

APL. Ikki futbolchi chetlatilgan o‘yinda «Manchester Yunayted» «Chelsi»ni mag‘lub etdi

APL. Ikki futbolchi chetlatilgan o‘yinda «Manchester Yunayted» «Chelsi»ni mag‘lub etdi

Angliya Premyer-ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" va "Chelsi" o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mankunianliklar ushbu bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yin Manchesterdagi "Old Trafford" stadionida bo‘lib o‘tdi.

5-daqiqada londonliklar darvozaboni Robert Sanches qizil kartochka oldi. 14-daqiqada Brunu Fernandesh hisobni ochib, "qizil iblislar"ni oldinga olib chiqdi. 37-daqiqada Kazemiro ustunlikni ikki baravar oshirdi. Biroq u 45+5-daqiqada ikkinchi sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

80-daqiqada Trevo Chaloba "Chelsi" safida hisobni qisqartirdi. O‘yin so‘ngida londonliklar bosimni oshirishdi, ammo "MYu" g‘alabani ushlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng "Manchester Yunayted" 7 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. "Chelsi" esa 8 ochko bilan 6-o‘rinda joylashgan.

Kelasi turda "qizil iblislar" 27 sentyabr kuni "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi. Shu kuni "Chelsi" o‘z maydonida "Brayton end Xouv Albion"ni qabul qiladi.

Angliya — Premyer-liga. 5-tur
20 sentyabr 2025-yil, shanba. 21:30
Manchester Yunayted — Chelsi - 2:1
Gollar: 1:0 Fernandesh — 14'; 2:0 Kazemiro — 37'; 2:1 Chaloba — 80'
Chetlatishlar: Kazemiro — 45+5' / Sanches — 5'

Kiritildi: 23:56 20.09.2025. O'qildi: 1028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!