Angliya Premyer-ligasining 9-turida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Brayton"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Manchesterdagi "Etihad" stadionida kechgan uchrashuv taqdirini 11-daqiqada kiritilgan yagona gol hal qildi. Mehmonlar yarim himoyachisi Yasin Ayari jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
Mag‘lubiyatga qaramay, "Manchester Siti" 9 ta o‘yinda 21 ochko bilan APL peshqadami bo‘lib qoldi. "Brayton" esa 19 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi.
21 ochkoga ega "Arsenal" ikkinchi pog‘onada bormoqda. Londonliklar zaxirasida bitta o‘yin mavjud.
Keyingi turda "Manchester Siti" 7 noyabr kuni "Nottingem Forest" mehmoni bo‘ladi. "Brayton" esa 8 noyabrda "Brentford"ni qabul qiladi.