Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

AOKA rahbari Turkiya Prezidenti Administrasiyasi boshqarma boshlig‘i bilan muhim masalalarni muhokama qildi

AOKA rahbari Turkiya Prezidenti Administrasiyasi boshqarma boshlig‘i bilan muhim masalalarni muhokama qildi

14 may kuni Istanbulda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning OAV va axborot sohasiga mas’ul idoralari rahbarlarining to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad — turkiy davlatlar o‘rtasida ommaviy axborot vositalari va kommunikasiyalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Turkiya Prezidenti Administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxretdin Altun bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda turli jabhalardagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan dolzarb mavzular bo‘yicha fikr almashilgan. Xususan, dezinformasiyaga qarshi kurashish, feyk xabarlarni ekspertiza qilish, mediasavodxonlik, axborot qonunchiligini takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilingan.

Kiritildi: 10:12 14.05.2022. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!