Bu haqda Axios xabar bermoqda.
Soha vakillari bunday halokatli hodisa kelgusi 6-12 oy ichidayoq yuz berishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Eng ehtimoliy ssenariy moliya xizmatlari, internet, hatto elektr va suv ta’minoti tizimlari ishini izdan chiqaradigan kiberhujum shaklida bo‘lishi mumkin.
"Bu nazoratdan chiqqan sun’iy intellekt agentlari yoki yovuz niyatli shaxslar aybi bilan sodir bo‘lishidan qat’i nazar, texnologiya va uning yaratuvchilariga bo‘lgan ishonchga putur yetadi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bunday holatda asosiy e’tiborni AQSh Kongressi bilan ishlashga qaratish rejalashtirilmoqda. 3 noyabr kungi oraliq saylovlardan so‘ng AQSh Kongressida demokratlar o‘z mavqeyini mustahkamlashi kutilmoqda, ular esa SIni qat’iyroq tartibga solishni, hattoki superintellekt yaratishni taqiqlashgacha bo‘lgan choralarni yoqlab chiqishi mumkin.