Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Anqarada xorijiy davlatlar vakillari ishtirokida Qora dengiz xavfsizligi masalasida uchrashuv o‘tkaziladi

Anqarada xorijiy davlatlar vakillari ishtirokida Qora dengiz xavfsizligi masalasida uchrashuv o‘tkaziladi

Turkiya Mudofaa vazirligi Anqarada xorijiy davlatlar vakillari ishtirokida Qora dengiz xavfsizligi masalasida uchrashuv o‘tkazilishini tasdiqladi.

Vazirlik rasmiylari ushbu yig‘ilish ishtirokchilar tarkibiga hozircha aniqlik kiritmadi.

"Rossiya va Ukraina o‘rtasida ehtimoliy o‘t ochishni to‘xtatish fonida Qora dengiz xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv 15–16 aprel kunlari Turkiya Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi shtab-kvartirasida o‘tkaziladi. Unda xorijiy davlatlarning harbiy vakillari ishtirok etadi. Uchrashuvda Qora dengizda tinchlikni ta’minlash uchun harbiy-rejalashtirishning dengizga oid jihatlari muhokama qilinadi", deyiladi Turkiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati bayonotida.

Kiritildi: 20:46 13.04.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!