Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Anomal issiqdan jabr ko‘rgan Fransiya endi yog‘ingarchilikdan aziyat chekmoqda

Anomal issiqdan jabr ko‘rgan Fransiya endi yog‘ingarchilikdan aziyat chekmoqda

Fransiyaning janubidagi Od departamentidagi Poma kommunasiga tornado sodir bo‘lishi oqibatida 3000 ga yaqin xonadon elektrsiz qoldi.

Manbaning mintaqaviy prefekturaga tayanib xabar berishicha, ofat oqibatida 26 kishi jarohat olgan. Ularning ahvoli o‘rtacha deb baholanmoqda.

Bundan tashqari, 100 ga yaqin uy jiddiy zarar ko‘rdi.

Voqea joyiga 115 nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi yuborildi. Hududdagi transport harakati yo‘lga qulagan daraxtlar tufayli qiyinlashdi.

Tornado mintaqa bo‘ylab harakatlanayotgan kuchli momaqaldiroq fronti fonida paydo bo‘lganligi xabar qilinmoqda.

Météo-France milliy ob-havo xizmati Fransiyaning janubidagi 20 ta departamentida, jumladan, Odda momaqaldiroq bo‘lishi haqida to‘q sariq signal e’lon qildi va xavfli ob-havo xavfi haqida ogohlantirdi.

Od departamenti bir soat ichida 30 mm dan ortiq yog‘ingarchilikni qayd etdi. Shamolning tezligi sekundiga 32,5 metrga yetdi.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!