Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Angrendagi xususiy klinikada 20 yoshli yigit "proba"siz dori olgach, komaga tushib qolgani aytilmoqda

Angrendagi xususiy klinikada 20 yoshli yigit "proba"siz dori olgach, komaga tushib qolgani aytilmoqda


Toshkent viloyati SSB tarqalgan xabarlar yuzasidan tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, bemor 31 iyul kuni shamollash belgilari bilan xususiy klinikasiga murojaat qilgan.
Unga "proba"siz tomir orqali tomchi dori yuborilganidan so‘ng ahvoli yomonlashib, hushini yo‘qotgan.

Shundan so‘ng yigit og‘ir ahvolda Angren shahar markaziy shifoxonasiga olib ketilgan. U yerda traxeostomiya operasiyasi o‘tkazilgan. Hozir bemor reanimasiyada davolanmoqda.

Bemorning ota-onasi xususiy klinika uning davolanishi uchun yetarli moddiy yordam ko‘rsatmayotganidan norozi.

Kiritildi: 20:13 20.09.2026. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!