Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Angrendagi ko‘mir konida avariya oqibatida BelAZ haydovchisi halok bo‘ldi

Angrendagi ko‘mir konida avariya oqibatida BelAZ haydovchisi halok bo‘ldi

5 mart kuni taxminan soat 10:15 da Toshkent viloyatidagi «Angren» ko‘mir konida BelAZ samosvali tog‘ jinslarini to‘kish vaqtida sirpanib, orqaga ag‘darildi va yonib ketdi.

«O‘zbekko‘mir» kompaniyasining xabar berishicha, o‘t o‘chiruvchilar tezda voqea joyiga yetib borib, yong‘inni o‘chirgan.

Og‘ir jarohat olgan samosval haydovchisi A.Axmedjonovga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Angren shahri markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. Biroq shifokorlarning urinishlariga qaramay, u vafot etgan.

«O‘zbekko‘mir» rahbariyati marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 10:40 06.03.2025. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!