Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Angrenda kuchli ta’sir qiluvchi hamda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Angrenda kuchli ta’sir qiluvchi hamda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahri bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi hamda psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan F.YU. fuqaro X.M.ga 10 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng, davom etgan tadbirlarda F.YU.ga dori vositalarini yetkazib beruvchi sheriklari SH.N., S.N., F.YO. va M.N.lar ushlanib, ulardan 49 dona “Zardeks” nomli dori vositasi, 2 dona polietilen paketga o‘ralgan “gashish” hamda “marixuana” moddasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) va 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kiritildi: 16:30 30.09.2025. O'qildi: 497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!