Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi

Angrenda IIB tergovchisi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyati Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va tegishli tartibda chora ko‘rmaslik evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘idan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:40 04.09.2025. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!