Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Angliyaning nufuzli nashri "Chelsi"ning ukrainalik futbolchisidan uzr so‘radi

Angliyaning nufuzli nashri "Chelsi"ning ukrainalik futbolchisidan uzr so‘radi

Nufuzli "Goal" portali "Chelsi" futbolchisi Mixail Mudrikdan uzr so‘radi.

Sayt e’lon qilgan bayonot yaqinda chop etilgan ukrainalik futbolchining 2028 yilgi Olimpiadada atlet sifatida qatnashishi mumkinligi haqidagi xabar bilan bog‘liq. Mudrik bir muddat oldin dopingga oid ijobiy test natijasi sababli futboldan chetlashtirilgan edi.

"Biz tarqatilgan ma’lumotning noto‘g‘ri ekanligini tan olamiz. Mudrik diskvalifikasiya qilinmagan, balki vaqtincha chetlashtirilgan, uning doping ishiga oid yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Bundan tashqari, Mudrik Olimpiada yuguruvchi sifatida faoliyat yuritish imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Nashr keltirib chiqargan noqulayliklar va zarar uchun Mudrikdan uzr so‘raymiz. Mazkur maqola platformalarimizdan olib tashlandi" deya ta’kidlandi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Mixail Mudrikning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:04 23.09.2025. O'qildi: 897 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!