Bugun 31 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Angliyalik yulduz Saudiya Arabistonidan kelgan manfaatli taklifni rad etdi

Angliyalik yulduz Saudiya Arabistonidan kelgan manfaatli taklifni rad etdi

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn yaqin vaqt ichida klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik forvard Saudiya Arabistoni klublaridan birining juda manfaatli taklifini rad etgan. Shuningdek, u Turkiya va Angliyaga ko‘chib o‘tish variantlaridan ham voz kechgan.

Ayni paytda Keyn "Bavariya" bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Xabar qilinishicha, tomonlar kelishuvning yakuniy bosqichiga yetib kelgan.

Yangi shartnoma 2029 yilga qadar mo‘ljallanishi kutilmoqda.

Joriy mavsumda 33 yoshli Keyn barcha musobaqalarda 2 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Kiritildi: 12:25 30.08.2026. O'qildi: 449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!