Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Angliyada 37 yil oldin g‘oyib bo‘lgan ayolning jasadi topildi

Angliyada 37 yil oldin g‘oyib bo‘lgan ayolning jasadi topildi

Angliyaning Kempsi shaharchasida yashagan Brenda Veneybls 37 yil davomida bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan. Yaqinda ayol tanasining qoldiqlari topildi, uning eri esa qotillikda ayblanmoqda.

Devid Veneyblsning aytishicha, 1982 yilda 48 yoshli ayol kechki payt turmush o‘rtog‘iga indamay uydan chiqib ketgan, va boshqa qaytib kelmagan. O‘shanda polisiya shaharcha va uning atrofidagi har qadamni tekshirib, Brendaning izini topa olmagan. Keyinchalik qidiruv to‘xtatilib, ish yopilgan. Shundan so‘ng Devid Veneybls rafiqasi Ispaniyaga, qarindoshlarining uyiga ko‘chib ketgani haqida mishmish tarqatgan. Brendaning yo‘qolishi tarixi esa mahalliy qo‘rqinchli hikoyaga aylandi.

Mishmishlarga ko‘ra, ayolni avtomagistral quruvchilari o‘ldirib, tanasini yo‘l ostiga ko‘mishgan. Ammo polisiya bu ma’lumotni tekshirib ko‘rmadi.

2019 yilda mishmishlar aslida haqiqatga yaqin ekani tasdiqlandi. Faqat ayol tanasi yo‘l ostidan emas, eski fermadagi beton o‘ra ichidagi xaltada saqlangan. Uni janob Veneybls sotib yuborgan uyni buzayotgan ishchilar topib olgan. Natijada polisiya 88 yoshli erkakni qo‘lgan oldi, oradan ikki yil o‘tib, 2021 yilda unga rasmiy ayblov e’lon qilindi. Tergov xulosasiga ko‘ra, Devid o‘z rafiqasini o‘ldirib, tunda uning tanasini o‘raga tashlab yuborgan.

Holat bo‘yicha sud 15 iyunda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:20 10.06.2021. O'qildi: 2763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!