16 yoshda bo‘lgan futbolchi Junior Din vafot etdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabar berilmoqda.
Din istiqbolli va iqtidorli o‘yinchi sifatida e’tirof etilar edi. Avvalroq u «Gillingem» klubining U-15 jamoasida ko‘rikdan o‘tgandi.
O‘tgan yili Junior «Roterhayt» klubi akademiyasida mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng chiroyli gol muallifi mukofotini qo‘lga kiritgan edi. Yosh futbolchining o‘lim sabablari hozircha oshkor qilinmayapti.