Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yirik transfer bugun amalga oshishi kutilmoqda!

Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yirik transfer bugun amalga oshishi kutilmoqda!

«Liverpul» klubi «Nyukasl» bilan hujumchi Aleksandr Isakning transferi borasida kelishuvga erishgani haqida jurnalist Fabrisio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, transfer summasi 130 mln funt (150 mln yevro) ni tashkil qiladi. Bu APL tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi. Bugun Isak uzoq muddatli shartnoma imzolashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shartnoma bir necha oy oldin kelishib olingan.

Bunga qadar APL tarixidagi eng qimmat transfer «Bayer»dan «Liverpul»ga 125 mln yevro evaziga o‘tgan Florian Virsga tegishli edi.

Isak 2022 yildan buyon «Nyukasl» safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u klub tarkibida barcha turnirlarda 109 o‘yinda maydonga tushib, 62 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 10:05 01.09.2025. O'qildi: 980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!