Bugun 23 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Angliya liga kubogi. «Manchester Siti» finalida «Arsenal»ni mag‘lub etdi

Angliya liga kubogi. «Manchester Siti» finalida «Arsenal»ni mag‘lub etdi

Angliya liga kubogi final uchrashuvi yakunlandi. Unda Londonning «Arsenal» va «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvda «shaharliklar» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi Niko O'Rayli hisobni ochdi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, u dubl rasmiylashtirib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Joriy mavsumda ushbu jamoalar Angliya chempionatining 5-turida ham to‘qnash kelgan edi. O‘sha uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan.

O‘tgan mavsum Angliya Liga kubogi g‘olibi «Nyukasl» bo‘lgan. Finalda «qarg‘alar» «Liverpul»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Angliya — Liga kubogi. Final
22 mart 2026 yil, yakshanba. 21:30
«Arsenal» — «Manchester Siti» - 0:2
Gollar: O'Rayli, 60, 64

Kiritildi: 23:52 22.03.2026. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!