"Arsenal" Angliya Liga Kubogi 1/4 finali doirasida o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni mag‘lub etdi - 1:1 (penalti - 8:7).
Uchrashuvning asosiy vaqtida mehmonlarning fransiyalik himoyachisi Maksens Lakrua 80-daqiqada to‘pni o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. 90+5-daqiqada "Kristal Pelas"ning angliyalik himoyachisi Mark Gexi hisobni tenglashtirdi.
Lakrua o‘yindan keyingi seriyada penaltidan gol ura olmagan yagona futbolchiga aylandi.
"Arsenal" barcha turnirlarda qatorasiga to‘rtinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi. "Kristal Pelas" 4 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga ega.
Angliya Liga Kubogi yarim finalida "Arsenal" "Chelsi" bilan kuch sinashadi.
Angliya Liga kubogi. 1/4 final
23 dekabr, 01:00. Emireyts (London)
Arsenal - Kristal Pelas - 1:1. Penaltilar - 8:7
Gollar: Lakrua, 80 - o‘z darvozasiga (1:0). Gexi, 90+5 (1:1)
Penaltilar seriyasi: Edegor - (1:0). Mateta - (1:1). Rays - (2:1). Devenni - (2:2). Saka - (3:2). Xyuz - (3:3). Trossar - (4:3). Sosa - (4:4). Merino - (5:4). Lerma - (5:5). Kalafyori - (6:5). Uorton - (6:6). Timber - (7:6). Uche - (7:7). Saliba - (8:7). Lakrua - (8:7)(darvozabon)
Arsenal: Arrisabalaga, Saliba, Kalafyori, Lyuis-Skelli, Timber, Nergor, Merino, Eze (Edegor, 67), Martinelli (Trossar, 59), Madueke (Saka, 67), Gabriel Jezus (Rays, 86)
Kristal Pelas: Benites, Lakrua, Gexi, Richards (Xyuz, 75), Lerma, Uorton, Mitchell (Sosa, 90+11), Kanvo (Klayn, 46), Nketia (Devenni, 46), Pino (Uche, 86), Mateta
Ogohlantirishlar: Arrisabalaga, 89