Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi final uchrashuvi 17 may, shanba kuni o‘tkazildi.
Finalda “Kristal Pelas” o‘zbekistonlik himoyachi faoliyat olib borayotgan “Manchester Siti” bilan o‘yin o‘tkazdi.
Uchrashuv manchesterliklarning katta ustunligi bilan boshlandi. Ammo o‘yinda golni “Kristal Pelas” urdi. 16-daqiqada Eberechi Eze hisob ochdi.
Ikkinchi bo‘limda ham qator vaziyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan naf chiqmadi.
Shunday qilib, “Kristal Pelas” g‘alaba qozondi va Angliya Kubogi sohibi bo‘ldi.
Abduqodir Husanov ushbu o‘yinda maydonga tushmadi.