Bugun 26 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Angliya darvozabonining penaltilar bo‘yicha «shpargalkasi» Argentina o‘yinchilari qo‘liga tushdi

Angliya darvozabonining penaltilar bo‘yicha «shpargalkasi» Argentina o‘yinchilari qo‘liga tushdi



Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan JCH–2026 uchrashuvidan so‘ng Lionel Messi, Niko Gonsales va Markos Senesi Angliya darvozaboni Jordan Pikfordning suv idishini topib oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, idishga Argentina terma jamoasi futbolchilarining penaltini qay tarzda tepishi haqidagi yozuvlar tushirilgan bo‘lgan. Videoda Messi yozuvlarni ko‘rib hayratlangani aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga ko‘ra, Senesi Messiga idishda «sen chapga tepadiganday ko‘rinasan, ammo to‘pni o‘ngga yo‘naltirasan» degan qaydlar borligini aytgan. Shundan so‘ng Messi hazilomuz tarzda Pikford uning penaltilarini yaxshilab o‘rganganini ta’kidlagan.

Kiritildi: 18:27 16.07.2026. O'qildi: 890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!