Bu haqda AFP xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, evakuasiya Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan tuzilgan kelishuvdan so‘ng amalga oshirilgan. Shu bilan birga, Fransiya hukumati Madagaskardagi ichki inqirozga aralashmayotganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Madagaskarning sobiq bosh vaziri Kristian Nisay va prezidentning yaqin ittifoqchisi, biznesmen Mami Ravatomanga xususiy samolyotda Mavrikiyga uchib ketgan, deyiladi materialda.
Radzuelina 12 oktyabr kuni “noqonuniy va zo‘ravonlik yo‘li bilan hokimiyatni egallashga urinish” bo‘lganini bildirgan edi. Ungacha esa askarlar prezident iste’fosini talab qilgan norozilik namoyishchilari tomoniga o‘tganligi ma’lum bo‘lgandi.
Madagaskarda sentyabr oyi oxirida boshlangan noroziliklar elektr energiyasida uzilishlar, toza suvdan foydalanishning qiyinligi, sog‘liqni saqlash tizimining yomon ahvoli va korrupsiyadan norozilik bilan bog‘liq.