Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Andijonlik ota aliment o‘rniga o‘z “Damas“ini berdi

Andijonlik ota aliment o‘rniga o‘z “Damas“ini berdi

Andijon tumanida farzandi uchun aliment to‘lashi belgilangan qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga o‘z mashinasini berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan O.X. bir nafar farzandi uchun 2019 yildan buyon aliment to‘lab kelgan. Profilaktik tadbirlar natijasida taraflar o‘zaro kelishishiga erishilgan va ota farzandi voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment to‘lovlari evaziga “Damas“ avtomashinasini berishini ma’lum qilgan.

Undiruvchi G.X. ham bu taklifga rozi bo‘lgani holda aliment to‘lovlari o‘rniga avtomashinani qabul qilib oldi.

Kiritildi: 03:52 12.03.2025. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!