Ko‘rinishicha, AQShda Isroilga bo‘lgan munosabat asta-sekin o‘zgarib bormoqda. Eronning Qatardagi AQSh harbiy bazasiga qarshi zarbadan so‘ng, Tramp Tehronni zarba haqida oldindan ogohlantirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Natijada hech kim halok bo‘lmadi. Tramp hatto Eron endi mintaqaga “tinchlik va uyg‘unlik” olib kelishi mumkinligini qayd etdi. Va eng qizig‘i - u Isroilni ham shunday qilishga “ishtiyoq bilan da’vat qilishini” aytdi.
Bu oddiy gap emas — bu signal. AQSh endi faqat Isroil tomonida turishni xohlamayapti. Amerikadagi ayrim radikal-xristian doiralarda Isroilni katta kelishuvga, ya’ni AQSh va Eron o‘rtasidagi tinchlikka xalaqit berayotgan omil sifatida ko‘ra boshlashdi.
Avvallari Isroil AQShning Yaqin Sharqdagi eng muhim ittifoqchisi edi. Endi esa uni tobora ko‘proq “ortiqcha o‘yinchi” sifatida tilga olishyapti (ya’ni mintaqada yangi tartib o‘rnatish uchun Isroil kerak emas degan fikr kuchaymoqda).
Shunday qilib, katta siyosiy o‘yin qayta boshlanyapti. Va bu safar Isroil eski o‘rnini saqlab qola olmasligi mumkin, deya yozmoqda mustaqil ekspert Kenes Ametov.