Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Andijonda xonadonlardan biri yonib ketdi

Andijonda xonadonlardan biri yonib ketdi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida xonadonlardan biri yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 19 fevral kuni soat 14:26 da Oltinko‘l tumani “Qo‘shtepa” MFYda joylashgan fuqaro I.SH.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan. Soat 14:32 da aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 15:02 da sodir bo‘lgan yong‘in batamom o‘chirilgan.

Hodisa natijasida aholi yashash xonadonining 40 m/kv maydonda shift, tom qismi yonib zararlangan. Tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.

Hozirda yong‘in sodir bo‘lishi omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 18:24 19.02.2025. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!