Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Andijonda qo‘shni bolani urgan erkakka nisbatan tekshiruv o‘tkazilmoqda

Andijonda qo‘shni bolani urgan erkakka nisbatan tekshiruv o‘tkazilmoqda

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati ma’lum qilishicha, 18 iyun kuni soat 15:05 da Shahrixon tumanida yashovchi 46 yoshli fuqaro «102» xizmatiga murojaat qilib, 9 yoshli o‘g‘li tan jarohati olganini bildirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda tug‘ilgan ikki nafar bola o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan va ular o‘zaro mushtlashib ketgan. Shu payt bolalardan birining otasi — 1988 yilda tug‘ilgan M.B. janjalga aralashib, qo‘shni bolaga bir necha bor qo‘l ko‘targan.

Oqibatda voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqeaning barcha holatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:19 19.06.2026. O'qildi: 1007 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!