Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Andijon viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘diruvchi, sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy saqlanayotgani fosh qilindi.

Xususan, DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri hamda Asaka tumanida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaro o‘z yashash xonadonlarida qalbaki va sifati kafolatlanmagan tibbiy dori vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullangan.

Tekshiruvlar davomida ushbu manzillarda maxsus jihozlangan noqonuniy laboratoriyalar borligi ma’lum bo‘ldi va umumiy qiymati 1,1 mlrd so‘mlik, jami 122 turdagi, 60 ming donadan ortiq tibbiy dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur mahsulotlar Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy ravishda olib kirilgan bo‘lib, ularning bir qismi yarim tayyor, yana bir qismi esa qayta ishlangan holatda bo‘lgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu dori vositalari inson salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.

Hozirda aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:48. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!