Foreign Affairs nashrining yozishicha, Xitoy jahon bozori qabul qila oladiganidan ham ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Hozirning o‘zida jahon sanoat ishlab chiqarishining qariyb 30 foizi ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi, 2030 yilga borib esa bu ulush 45 foizga yetishi mumkin.
"Xitoyning savdo profisiti 2025 yilda 1,2 trillion dollarga yaqinlashdi, bu rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi. Kelgusidagi ortiqcha ishlab chiqarish va savdo to‘siqlarining o‘sishi Xitoy eksportini izdan chiqarishi, ommaviy bankrotliklar hamda bank sektorida muammolarni keltirib chiqarishi, uning oqibatlari esa butun jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli mavjud", deyiladi maqolada.