Bugun 17 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Tramp Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik kelishuviga munosabat bildirdi

Tramp Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston o‘rtasidagi xavfsizlik kelishuviga munosabat bildirdi

Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokistonning jamoaviy xavfsizlik to‘g‘risida kelishuv tuzish qarori to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam hisoblanadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

U Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Makka kelishuvining imzolanishini mamnuniyat bilan qabul qilganini ta’kidladi.

«Bu Yaqin Sharq birlashayotganini ko‘rsatadi. Endi mamlakatlar nihoyat o‘z xavfsizligini mustaqil ravishda yaxshiroq ta’minlay oladi», — deb yozdi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kelishuv mintaqadagi davlatlarning o‘z mudofaa va xavfsizlik salohiyatini kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 470 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!