Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijonda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Andijonda qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrixon tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.20.” MCHJ rahbari A.N. “Do‘stlik” MFY hududidagi savdo do‘konida turli nomdaga 759 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 19:04 16.07.2025. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!