Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida faoliyat yuritgan noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh etildi.

Ushbu manzilda 4 ta MCHJ tomonidan tegishli ruxsatnoma va sertifikatlarga ega bo‘lmagan holda, turli xil dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilgan.

Tezkor tadbir jarayonida «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» kabi qariyb 100 turdagi mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ularni tayyorlash jarayonida belgilangan texnologik talablar qo‘pol ravishda buzilib, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilmagan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy tarzda tayyorlangan tibbiy mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mutaxassislar aholini dori vositalarini faqat ishonchli va lisenziyaga ega dorixonalardan xarid qilishga chaqirgan.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!