Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Andijonda kredit qarzi sabab “Equinox” xatlandi

Andijonda kredit qarzi sabab “Equinox” xatlandi

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaroning bankdan 275 mln qarzi bo‘lgan.

Kredit shartnomasi - ikki tomonning mas’uliyatli kelishuvi. Ammo qarz o‘z vaqtida qaytarilmasa, uning oqibati garov mol-mulki orqali qoplanishi muqarrar.

Shu kabi holat bo‘yicha Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi ish yurituviga chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB foydasiga qarzdor M.D.dan jami 275 mln so‘m undirish haqida sud hujjati kelib tushdi.

Sud qaroriga muvofiq, undiruv qarzdorga tegishli garovdagi “Equinox” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan.

Qarzdor tomonidan majburiyat bajarilmagani uchun ijro harakatlari olib borilib, “Equinox” avtomashinasi xatlangan.

Hozirda ushbu avtomashina elektron onlayn-auksionga sotuvga qo‘yilgan. Savdodan tushgan mablag‘ to‘liq qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.

Kiritildi: Bugun 19:32. O'qildi: 165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!