Andijon viloyati. 2021 yil 16 yanvar kuni soat 16:00 larda 21 yoshli Sultonmurod N., o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, voyaga etmagan 17 yoshli Murodjon K.,ni Andijon shahar 2-kichik dahasida joylashgan 50-sonli umumta’lim maktabi qarshisiga chaqirib, “yaxshi ko‘rgan qizi” bilan “SMS” orqali nima sababdan gaplashayotganligini aytib, unga tegishli bo‘lgan “RED-MI Note 8” rusumli uyali telefon apparatini tekshirib ko‘rish maqsadida olib, hodisa sodir bo‘lgan joydan qochib ketgan va talonchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan uyali telefon apparatini 400.000 so‘mga sotib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sultonmurod N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.