Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijonda ham zilzila sodir bo‘ldi

Andijonda ham zilzila sodir bo‘ldi

12 mart kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Er silkinishi Toshkent vaqti bilan 08:11 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 40,55 gradus shimoliy kenglik; 72,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4. Chuqurlik — 10 km. Episentr — Toshkentdan 308 km janubi-sharqda.

Andijon viloyatida sezilish kuchi:

  • Xo‘jaobod tumani — 2−3 ball, 13 km;
  • Jalaquduq tumani — 2 ball, 23 km;
  • Buloqboshi tumani — 2 ball, 24 km.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni soat 6:16 da Toshkent shahri va viloyati aholisi ertalab yer silkinishini yuz bergandi.

Kiritildi: 09:20 12.03.2025. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!