Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda giyohvand modda savdosiga chek qo‘yildi

Andijonda giyohvand modda savdosiga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylanishining oldini olish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan DXX hamda IIB xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi huquqbuzarlik o‘z vaqtida bartaraf etildi.

Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Nexia 2” rusumli avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlanib kelayotgan fuqaro E.I.ga tegishli buyumlar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv jarayonida fuqaroning yonidan bir dona qora rangli paket ichida 1 dona bo‘lak o‘ramdagi o‘tkir hidli modda borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, daliliy ashyo sifatida olingan modda og‘irligi 660,82 grammga teng “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atib, tergov organlariga yuborildi.

Kiritildi: 17:52 09.07.2024. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!