Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Andijonda gaz to‘ldirish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Andijonda gaz to‘ldirish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Bugun, 2 iyul kuni Andijon viloyati, Xonobod shahri, «Anhor» MFYda joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining kompressor xonasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Shunga ko‘ra qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Hodisa oqibatida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi kompressor xonasining 30 kvadrat metr maydondagi tom qismi, eshik va derazalariga zarar yetgan.

Chaqnash natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonasiga yotqizilgan. Xalok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda chaqnashning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 15:12 02.07.2026. O'qildi: 15295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!