"O‘zenergoinspeksiya" tomonidan Andijon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida YTT Q. SH. ga qarashli noturar binoda o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 725 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Bu kabi holat Paxtaobod tumanda YTT N. SH. ga qarashli binoda ham qayd etildi. Ush qoidabuzarlik natijasida, ta’minot korxonasiga 480 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Asaka tumanida "R. M." MCHJga qarashli noturar binoda ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 136,6 million so‘mni tashkil qildi.