Bugun 20 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Andijonda chet-el valyuta mablag‘larini yashirib olib chiqish operasiyasi fosh etildi

Andijonda chet-el valyuta mablag‘larini yashirib olib chiqish operasiyasi fosh etildi

Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Mingtepa” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yo‘lagi orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tib ketish maqsadida kirib kelgan Qirg‘iziston fuqarosi N.S o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan fuqaro D.M. bilan oldindan til biriktirib valyuta mablag‘larini qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazmoqchi bo‘lganliklari aniqlandi.

Prosessual tartibda xolislar ishtirokida fuqarolarga nisbatan o‘tkazilgan bojxona shaxsiy ko‘rigi natijasida bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan olib o‘tish me’yorlaridan ortiqcha bo‘lgan jami 687 500 Rossiya rubli hamda 200 000 som Qirg‘iziston valyuta mablag‘larini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tishga urunganligi aniqlandi.

Huquqbuzarlik holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 15:30 19.08.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!